Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi “Orient Group Management” MCHJ va “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi “Orient Group Management” MCHJ va “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasiga asosan iqtisodiy konsentrasiya hisoblangan bitim (harakat) tomonlarining biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizasiya qilishdan olingan tushumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizasiya qilishdan olingan jami tushumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan shaxslar yoki shaxslar guruhi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan mas’uliyati cheklangan jamiyatning ulushlarining uchdan bir qismidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olganda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish belgilangan.

🔗 Shunga qaramasdan, “Orient Group Management” MCHJ tomonidan joriy yilning 16 may sanasida “Highway Logistics Center” MCHJning ustav fondini ko‘paytirish orqali uning 45 foiz ulushiga egalik qila boshlagani ma’lum bo‘ldi, bunda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmaganligi aniqlandi.

📖 Ushbu holat yuzasidan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Orient Group Management” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 26-moddasi talablari buzilgan deb topildi hamda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qarori ustidan “Orient Group Management” MCHJ sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan.

➡️ Bundan tashqari, “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QK tomonidan joriy yilning 23 iyul sanasida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmasdan aynan yana “Highway Logistics Center” MCHJning ustav fondidan 45 foiz ulush olinganligi holati aniqlandi.

📖 Natijada, ushbu holatda ham Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” MCHJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuning 26-moddasi talablari buzilgan deb topildi hamda moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Kiritildi: 12:20 14.08.2024. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!