Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi “Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga chora ko‘rdi

Raqobat qo‘mitasi “Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga chora ko‘rdi

Fermer xo‘jaliklari “Agrobank” ATB Chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va ta’minotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash bo‘yicha shartnoma imzolagan. Biroq “Agrobank” ATB bosh ofisining Agrosanoat majmuini kreditlash bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablag‘lardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sun’iy hamda byurokratik to‘siqlar, xususan fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan ushbu kredit mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, texnika xizmati va texnikalarga ehtiyot qisimlar sotib olishda Chinoz tumani hokimligidan ushbu yetkazib beruvchi korxonalarni ta’minotchilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun asossiz ravishda xat talab qilish holati ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘rganish davri ma’lumotlariga ko‘ra, “Agrobank” ATB Chinoz filiali ma’lumotlariga asosan fermer xo‘jaliklariga G‘alla-2024 yil hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining ishlatilgan qismi 4,6 mlrd so‘mni tashkil etishi aniqlandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reestrida “Fermer xo‘jaliklarini kreditlash xizmati” bo‘yicha ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llanildi.

Kiritildi: 13:09 09.07.2024. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!