Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi

A A A
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi

🏛 Qarorga ko‘ra, Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tashkil etiladi.

✅ Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

📋 2025 yil 1 sentyabrdan:

🔹 xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos bo‘ladi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizasiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

🔹 majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizasiya qilishda:

▪️ markirovka kodi kiritilgandan so‘ng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;

▪️ avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kiritildi: 10:18 26.05.2025. O'qildi: 431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!