Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ramzan Qodirov o‘zining pulemyot bilan jihozlangan Cybertruck mashinasi Ilon Mask tomonidan "masofadan o‘chirib qo‘yilgani"ni ma’lum qildi

Ramzan Qodirov o‘zining pulemyot bilan jihozlangan Cybertruck mashinasi Ilon Mask tomonidan "masofadan o‘chirib qo‘yilgani"ni ma’lum qildi

"Ilon Mask yaxshi ish qilmadi. Chin yurakdan qimmatbaho sovg‘alarni beradi, keyin esa ularni masofadan turib o‘chiradi", — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram kanalida.

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mashina frontda "jangovar topshiriqlarni a’lo darajada bajargan", biroq Mask yaqinda Cybertruck'ni o‘chirib qo‘ygan.

17 avgust kuni Ramzan Qodirov Ilon Mask tomonidan unga tomida avtomat o‘rnatilgan Cybertruck sovg‘a qilinganligini va bu avtomobil Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasiga jo‘natilishi haqida e’lon qilgan edi. 19 avgust kuni Ilon Mask bu gaplarni rad etgan.

Kiritildi: 22:55 19.09.2024. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!