Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ramzan Kadirov Xamzat Chimayevning kechagi tezkor g‘aabasiga munosabat bildirdi

A A A
Ramzan Kadirov Xamzat Chimayevning kechagi tezkor g‘aabasiga munosabat bildirdi

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov Xamzat Chimayevni UFC 308 turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi avstraliyalik Robert Uittakerni birinchi raundning o‘zida bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi.

"Do‘stlar, bizning yengilmas Borz Xamzat Chimayev 14-marotaba UFC promoushenining kuchli jangchisi ekanini isbotladi. U chempionlik jangi uchun munosib. U jangning ilk soniyalaridayoq o‘z xarakterini namoyish etib, yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi. Chechen jangchisining yorqin va haqli g‘alabasi. Biz shunday yakun bo‘lishiga shubha ham qilmagandik. Xamzatning g‘alabasi Rossiya xalqi uchun sovg‘a bo‘ldi", — deya o‘zining telegram kanalida xabar qoldirgan Kadirov.

Kiritildi: 19:29 27.10.2024. O'qildi: 2500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!