Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ramazon kundaligidan: Ro‘zador tuxum yeyishi mumkinmi?

A A A
Ramazon kundaligidan: Ro‘zador tuxum yeyishi mumkinmi?

- Ramazondagi saharlik yoki iftorliklarda tuxum yeyish mumkinmi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati javob berdi:

- Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, saharlik va iftorlikda tuxum yeyish joiz. Chunki iftordan keyin ro‘zador halol taomlardan xohlaganini yeyishi mumkin, jumladan, tuxumni ham. Bu borada birorta taqiq yo‘q. “Tuxum yeb bo‘lmaydi”, deyish uchun kamida bitta qat’iy dalil kerak. Bunday dalil esa yo‘q.

Muhim jihati, asli halol narsani haromga chiqarish Alloh taoloning quyidagi buyrug‘iga qarshi chiqishdir:

“Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi” (Moida surasi 87-oyat). Vallohu a’lam.

 

Kiritildi: 04:30 03.05.2021. O'qildi: 10729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!