Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ramazon — 2025: Qozog‘istonda fitr sadaqasining miqdori tasdiqlandi

Ramazon — 2025: Qozog‘istonda fitr sadaqasining miqdori tasdiqlandi

Bir necha kundan keyin musulmonlar jamoatchiligi uchun muqaddas Ramazon oyi boshlanadi.

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi qo‘shma fatvoga muvofiq, Ramazon oyi 1 martdan boshlanishini ma’lum qildi. 26 martdan 27 martga o‘tar kechasi — Qadr kechasi(Laylat ul-qadr), 30 mart esa Ramazon hayiti bayramidir.

Mamlakat bosh muftiysi Naurizbay hoji Tag‘anuli raisligida o‘tkazilgan Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi prezidiumi yig‘ilishida fitr sadaqasi mamlakatda ikki kilogramm unning o‘rtacha narxidan kelib chiqib, 655 tenge etib belgilandi.

Kiritildi: 22:08 18.02.2025. O'qildi: 4296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!