Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:
Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:
0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar;
1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar;
1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar;
2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar;
5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda).