Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Quyosh bobodan kaltak yegan bolalar

Quyosh bobodan kaltak yegan bolalar

Oftob urishi – fototravmatik reaksiya. Ultrabinafsha nurlari ta’sirida epidermis to‘qimalari nobud bo‘lib, terida qichishish, pufakcha va et tashlash sodir bo‘ladi. Aslida fotota’sirchanlik yosh bolalarda u qadar kuchli emas, xali ularda termoregulyasiya to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Lekin terining yupqaligi oftob urishi uchun kifoya qiladi.

Oftob urganda birinchi yordam:

- Quyoshdan kuygan bolani avvalo tinchlantirish muhim. Tinchlantiruvchi yoki og‘riq qoldiruvchi dori bering.

- So‘ng kuygan teriga muzdek kompress bosing. Oddiy sovuq suvdan ko‘ra moychechak, ittikanak damlamasi, sabur siqmasini yaxna holda qo‘llagan ma’qul.

- Kuygan teri maydoniga antiseptik vosita surtish mumkin, faqat spirt man etiladi.

- Tana harorati ko‘tarilgan bo‘lsa, isitmani tushiruvchi dori ichiring.

- Bola ko‘p suv ichsin. Gazsiz ma’danli suv ayni muddao.

- Shifokorga murojaat qiling. Mutaxassis kuyish asoratidagi yallig‘lanishni ketkazuvchi surtmalar buyuradi.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolani aravachada quyosh tushib turgan yo‘llardan aylantirib yurish, 2-4 daqiqa davomida yuziga quyosh tushirib turish kerak.

Bolangizni oftobga kiyim va himoya vositalarsiz 5 - 10 daqiqaga qo‘ying, keyin esa asta sekin vaqtini ko‘paytirib boring va bora bora hammasi bo‘lib 1 soatga yetkazing.

Kiritildi: 11:12 12.08.2025. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!