Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 8 oyi mobaynida soliq undiruvi bo‘yicha ish yurituvda bo‘lgan 132,7 mlrd so‘mlik 7 308 ta ijro hujjatidan 106,3 mlrd so‘mlik 3 881 tasining ijrosi tamomlanib (tugatilib), shundan 55,7 mlrd so‘mlik 3 014 tasi amalda undirildi.
Mazkur natijalar soliq qarzdorliklarini bartaraf etish, davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash va ijro hujjatlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy samarasini ko‘rsatmoqda.
Xususan, Quvasoy shahrida ham soliq qarzdorliklarini undirish bo‘yicha ijro harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, qarzdor «S.T» fermer xo‘jaligidan 80 mln so‘mlik soliq qarzi undirilib, mavjud qarzdorlik bartaraf etildi.
Shuningdek, qarzdor A. A.ga nisbatan 5 ta soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borildi.
Ijro jarayonida qarzdor nomidagi qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasini aniqlash ishlari amalga oshirilayotgan bir vaqtda, qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan mavjud soliq qarzdorligi to‘liq qoplandi.
Bu kabi natijalar soliq qarzdorligini o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Soliqni o‘z vaqtida to‘lash — qonun talabiga rioya qilishgina emas, balki davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatni ado etishdir.