Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Quva tumani hokimi X.Umarovga hayfsan berildi

Quva tumani hokimi X.Umarovga hayfsan berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimi X.Umarovning fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vakolati doirasida viloyat hokimligiga holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, tumani hokimi X.Umarovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Agentlik tomonidan davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptirish hamda qonun buzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Kiritildi: 10:21 22.07.2026. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!