Qo‘shni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida yaqin kunlarda 12 ballik zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi.
Bu bo‘yicha O‘zbekiston FVV izoh berdi:
▪️Olimlarning ma’lumotiga ko‘ra zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqti va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q.
▪️Shu sababli FVV fuqarolardan ushbu ma’lumotga asoslanib, xavotirga tushmasliklarini so‘rab qoladi.
▪️O‘rganishlarga ko‘ra, yerda anomal zilzilani vujudga keltiruvchi o‘zgarishlar yo‘q.