Bu haqda The Washington Post xabar berdi .
Nashrning yozishicha, bu xavotirlar AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati migrasiya xizmatlari shifoxonalar, cherkovlar va maktablarni chetlab o‘tmasligini e’lon qilganidan keyin yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisi fuqaroligi bo‘lmagan farzandlarini uydan tark etishiga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqishni boshlagan. Maktab mutasaddilari bolalarning bir necha hafta dars qoldirib ketishidan xavotirda. Bu ularning ijtimoiy va akademik rivojlanishiga zarar keltiradi, deyiladi materialda.