2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda strategik kuchlar uchun 3748 ta yadro kallaklari mavjud edi, deya xabar beradi Milliy Yadro xavfsizligi agentligi (NNSA). Qo‘shma Shtatlar oxirgi marta bunday ma’lumotni 2021 yil oktyabr oyida e’lon qilgan, shundan so‘ng uning yadroviy arsenalining miqdoriy tarkibi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Bu raqamlar AQShning yadroviy salohiyati 1967 moliyaviy yil oxiridagi 31 255 ta jangovar kallak zaxiralarining 88% ga qisqarganini va 1989 yil oxirida Berlin devori qulagandagi 22 217 tadan 83% ga kamayganini bildiradi. NNSA ma’lumotlariga ko‘ra, joriy 2024 yilda Qo‘shma Shtatlar 3708 ta yadro kallaklariga ega.