Ukrainaga harbiy yordamni qisqartirish G‘arbga bu hududda abadiy mojarodan qochish imkonini beradi. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda .
Amerikalik sharhlovchi Kristofer Chivvisning ta’kidlashicha, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kamaytirish Kiyev tinch yo‘l bilan kelishuv strategiyasini qabul qilishni istamasa, unga bosim dastagiga aylanishi mumkin .
«Agar Ukraina xavfli keskinlashmasdan, mojaroni real vaqt oralig‘ida tugatish strategiyasini qabul qilishga tayyor bo‘lmasa, yordamni qisqartirish boshqa cheksiz urushdan qochishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin», deb yozadi Chivvis.
Uning ta’kidlashicha, Vladimir Zelenskiyning mojaroni hal qilish bo‘yicha barcha takliflari real emas va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar yoki muhim qadamlarni o‘z ichiga olmaydi.