Qo‘shma Shtatlar shu hafta oxirida Ukraina uchun yangi qurol va harbiy texnika paketini e’lon qiladi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Mettyu Miller jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
"Ammo shuni aytamanki, avval aytganimizdek, biz Ukrainani artilleriya va boshqa bir qator qurollar bilan ta’minlashda davom etamiz. Shu hafta oxirida Ukrainaga yetkazib berishni rejalashtirayotgan qo‘shimcha yordam haqida yana bir e’lon qilinadi", - dedi diplomat. .
Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, Vashington tomonidan Kiyevga ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari yetkazib berilishi haqida hech qanday xabar yo‘q.