Qo‘shma Shtatlar terrorizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida olti nafar jismoniy va to‘qqiz yuridik shaxsni, jumladan, Rossiyadan ham vakillarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Bu haqda AQSh moliya vazirligi saytida aytilgan.
Qayd etilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga Yaman, Livan va Turkiya fuqarolari kiritilgan.
Bundan tashqari, Rossiya fuqarolari Andrey Korines va Ruslan Peretyatkolarga nisbatan cheklovlar joriy etildi.
Rossiyaning "Russtroy" korxonasiga ham sanksiyalar joriy etildi.