Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qurolli hujum oqibatida 20 yoshli futbolchi halok bo‘ldi

Qurolli hujum oqibatida 20 yoshli futbolchi halok bo‘ldi

Gananing «Berekum Chelsi» klubining 20 yoshli futbolchisi Dominik Frimpong jamoa avtobusiga qilingan qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi.

Ushbu hodisa yakshanba kuni, jamoa Gana chempionatining 29-turi doirasida «Samarteks»ga qarshi kechgan safar o‘yinidan (0:1) qaytayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

«Samreboydan Berekumga qaytayotganimizda, jamoamiz avtobusiga yo‘lni to‘sib qo‘ygan bir guruh qurolli qaroqchilar hujum qilishdi. Yuziga niqob taqqan, to‘pponcha va shturm miltiqlari bilan qurollangan shaxslar, haydovchimiz avtobusni orqaga qaytarishga uringan vaqtda o‘t ocha boshlashdi. Futbolchilar va xodimlar jon saqlash uchun yaqin atrofdagi butazorlar ichiga qochishdi», — deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Kiritildi: 18:19 13.04.2026. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!