2022 yilning oktyabridan 2023 yilning sentyabriga qadar Panama kanali orqali o‘tuvchi kemalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kamayib, 11 663 tani tashkil etgan
“Report” Panama kanali ma’muriyati ma’lumotlariga tayanib, so‘nggi oylardagi qurg‘oqchil ob-havo va yomg‘irning yo‘qligi kanaldagi suv sathining 13,41 metrgacha pasayishiga sabab bo‘lganini xabar qildi.
Kundalik o‘tishlar soni o‘rtacha 38 tadan 36 taga, hatto ayrim kunlarda 32 taga kamaydi. 2023-yilda Panama kanali orqali 12527 ta kema o‘tadi, 2024-yilga kelib esa bu raqam yanada kamayishi kutilmoqda.