Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 255 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar:
- Qurbon hayitning birinchi kunida bosqinchilar Burayj va Nusayrat lagerlari, Az-Zaytun hududi va Rafahga hujum qilib, 5 nafar bolani o‘ldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar soni 37337 kishiga yetdi.
- G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Baytlahm, Yerixo va Qalkiliyaga bostirib kirishdi. 15 dan ortiq falastinlik hibsga olindi.
- Al-Qassam brigadalari G‘azo bilan chegaradagi aholi punktlariga zarba berdi, shuningdek, Rafah hududida ishg‘ol tanklarini yo‘q qildi. Bosqinchilar 24 soat ichida 12 askarini yo‘qotganini da’vo qilmoqda.
- Husiylar Qizil dengizda Amerika esminesiga va Isroilga ketayotgan 2 ta savdo kemasiga hujum qildi.
- Al-Aqso shifoxonasi direktori: "Kasalxonada yaradorlar ko‘p, faqat ularni joylashtirish uchun joyimiz va yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlarimiz yo‘q".
- Ishg‘ol kuchlari Rafah nazorat-o‘tkazish punktidagi kutish zali binosini to‘liq yoqib yubordi.
- Bayden maslahatchisi Livan bilan vaziyat keskinlashmasligi uchun Isroilga tashrif buyurdi.
- BMT: "50 000 G‘azo bolalari to‘yib ovqatlanmayotgani sababli shoshilinch davolanishga muhtoj".
- Bayden: "G‘azoda juda ko‘p begunoh odamlar, jumladan, minglab bolalar o‘ldirilayotganini bilamiz".