Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qonlik ayoldan qaynsinglisi qamalmasligi uchun 8000 AQSh dollari so‘rashdi...

Qo‘qonlik ayoldan qaynsinglisi qamalmasligi uchun 8000 AQSh dollari so‘rashdi...

Qo‘qon shahri. E.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning noyabr oyida noma’lum shaxs Turkiston ko‘chasida joylashgan shahar IIB binosi oldida ishonchiga kirib, o‘zini advokat deb tanishtirib, qaynisinglisi X.S.ni qamalib qolmasligini va’da qilib, undan 8.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda unga nisbatan sud tomonidan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 09:33 04.06.2022. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!