Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Qo‘qonda er-xotinni vaxshiylarcha o‘ldirgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

Qo‘qonda er-xotinni vaxshiylarcha o‘ldirgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirgan uch nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi.

Panjara ortida o‘tirgan sudlanuvchilar aynan navqiron yoshda, hatto ulardan biri uylanmagan. Shunday davrda mudhish jinoyatga qo‘l urib, ota-onalari va yaqinlarining orzu-umidlarini sarobga aylantirishdi. Bu voqea Qo‘qonda shov-shuv bo‘lib, ko‘pchilikni g‘azablantirdi.

Sudlanuvchilar (O‘zbekiston tumani) fuqaro M.R, F.T va S.O oldindan jinoiy til biriktirib, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 01:30 larda Qo‘qon shahar Jasorat ko‘chasida F.N.ning yashash xonadoniga o‘g‘irlikka tushishadi. Ular yuzlariga niqob taqib, qo‘llariga qo‘lqop kiygan hamda skotch, arqon va ikki dona pichoq bilan qurollangandi. Bu paytda uy egalari shirin uyquda edi. S.O vaziyatni kuzatish uchun hovlida qoladi. M.R va F.T moddiy boyliklarni egallash uchun uy ichkarisiga kirib, yotoqxonaga o‘tishgan. U yerda uxlab yotgan xonadon egasining turmush o‘rtog‘iga bir marotaba pichoq urib, shovqindan uyg‘ongan F.N.ga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu ishlarini davom ettirib, er-xotinni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirgan.

Xo‘sh, bu yosh yigitlarni bunday qotillikka nima undagan edi? Sudda M.Rning aytishicha, boshqalardan pul qarzi ko‘payib qolganligi uchun o‘ziga to‘q oilalarning uyiga o‘g‘rilikka tushishni maqsad qilgan. Bu ishga qarindoshlarini ham jalb etib, F.N.ni Qo‘qon shahridan uy olishidan xabar topadi. Unda katta miqdorda pul borligini taxmin qilganligini bildirib, ana shunday qabohatga qo‘l urgan.

Dastlabki tergov organi sudlanuvchilarning farazlariga asoslanib, ularni juda ko‘p miqdordagi mulkni bosqinchilik bilan egallashda ayblagan. Ishda M.R, F.T va S.Oning 80 ming AQSh dollarini bosqinchilik bilan egallaganini tasdiqlovchi dalillar to‘planmagan. Sud jarayonida bunday dalillar aniqlanmadi.

Sud hukmi bilan M.Rga uzil-kesil umrbod, F.Tga 25 yil, S.Oga esa 23 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 18:34 21.11.2020. O'qildi: 2622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!