Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qo‘qon shahrida tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan firibgarlar fosh etildi

A A A
Qo‘qon shahrida tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan firibgarlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar A.E. va O‘.A.lar o‘zganing mulkni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, “F.Z.” MCHJ ta’sischisi O.ning sog‘lig‘i yomonlashganidan foydalanib, uning ishonchiga kirib, MCHJ tomonidan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 12 ta komplektdagi muzlatkich kameralarini Uchko‘prik tumani “Mullazoir” QFY hududiga ko‘chirib, keyinchalik muzlatkichlarni ehtiyot qismlarga ajratishib, boshqa fuqarolarga naqd pulga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:32 17.01.2022. O'qildi: 2267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!