Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga taslim bo‘ldi

A A A
Qunduzda yuzlab afg‘on harbiylari toliblarga taslim bo‘ldi

Tojikiston chegarasi yaqinida joylashgan Qunduz shahrida yuzlab afg‘on harbiy xizmatchilari “Tolibon”* jangarilariga taslim bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti AFP agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.
“Bugun ertalab aeroportda bo‘lgan yuzlab harbiy xizmatchilar, polisiyachilar va qarshilik ko‘rsatish kuchlari a’zolari o‘zlarining hamma qurol-yarog‘lari bilan toliblarga* taslim bo‘lishdi”, - degan Qunduz viloyati kengashi a’zosi Amruddin Vali.

Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat Amerika qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilishi ortidan keskinlashdi. Hukumat kuchlari jangarilar hujumlarini qaytarishga urinishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 400 ga yaqin uyezddan 200 dan ziyodi “Tolibon”* vakillari nazorati ostiga o‘tgan.

https://ria.ru/20210811/afganistan-1745305538.html

Kiritildi: 23:40 11.08.2021. O'qildi: 5224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!