Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qum-shag‘al xom ashyosini noqonuniy qazib olib, davlatga 232,9 mln so‘m zarar yetkazganlik holati aniqlangan

Qum-shag‘al xom ashyosini noqonuniy qazib olib, davlatga 232,9 mln so‘m zarar yetkazganlik holati aniqlangan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.T.” korxonasi mas’ul shaxslari Nurota tumani hududida joylashgan “Ko‘chat” qum-shag‘al aralashmasi koni atrofidagi yer maydonlaridan maxsus texnikalar yordamida o‘zboshimchalik bilan 17,9 ming kub hajmdagi qum-shag‘al hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 232,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M." korxonasi mas’ul shaxslari tumandagi muhofaza zonasiga kiruvchi yer maydonidan 5,5 ming kub hajmdagi qum-shag‘al hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:31 27.04.2024. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!