Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.R. “Paxtachi” OFY hududidagi qurilishi tugallanmagan uyida yashirin sex tashkil qilib, “Qaratao‘”, “DAVIDOFF” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 1 713 dona qalbaki aksiz marka, 602 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 21 770 dona bo‘sh shisha, 150 litr spirt va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.