Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qo‘l-oyoq uvushca…

A A A
Qo‘l-oyoq uvushca…

Inson tanasidagi kichik bir o‘zgarish ham biror kasallikdan darak beradi. Butun og‘irlikni qo‘l va oyoqlarga tashlab o‘tirganda, yoki yonboshlab yotganda uvishish kelib chiqadi. Bu holatda qo‘l yoki oyoqlardagi asab tomirlari ezilgan bo‘ladi.

Natijada ezilgan joyda qon aylanish ancha sust­lashadi va jimirlash kuzatiladi. Bu – qonning quyuqligidan darak beradi.

Qo‘l-oyoqlarning uvishishi sovuqdan, og‘ir yuk ko‘tarishdan, bosh miyada, shuningdek, tanada qonning yaxshi aylanmasligidan, me’yoridan ortiq alkogol iste’mol qilish tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

 Qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda ham qo‘l-oyoqlar uvishadi.

Qo‘l-oyoqlarning tez-tez uvishib turishi esa asosan, 40-50 yoshdagi odamlarda kuzatiladi. Bu yoshdagilar tanasidagi xolesterin miqdorini tez-tez tekshirtirib turishlari lozim. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining ko‘payib ketishi oqibatida qon yurishi ancha qiyinlashadi. Shundan ke­yin tez-tez o‘ng qo‘l, o‘ng oyoq yoki chap qo‘l, chap oyoq uvishishi kuzatiladi. Agar buning o‘z vaqtida oldi olinmasa, ishimik insult yoki infarkt xas­taliklari kelib chiqadi.

Bu holatda badantarbiyaga alohida ahamiyat bering u yordam beradi! Turli davolovchi jismoniy mashqlar yordamida bu darddan forig‘ bo‘lish mumkin. Shuningdek, taomnomaga ham e’tibor berish kerak. Sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish kerak.

Agar bu holat uzoq muddat davom etayotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish va uning sababini aniqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kiritildi: 07:45 02.10.2019. O'qildi: 7772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!