Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qrimning Rossiyaga qo‘shilishiga kim aybdor? Tramp javob berdi

Qrimning Rossiyaga qo‘shilishiga kim aybdor? Tramp javob berdi

"AQShning avvalgi ma’muriyati Qrimning Rossiyaga qo‘shilishiga yo‘l qo‘yganlikda aybdor", dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Jo Bayden bilan teledebatda.

Amaldagi davlat rahbari saylovdagi raqibini vise-prezident sifatidagi past ko‘rsatkichlarda aybladi.

"Aynan uning davrida Rossiya Ukrainaning bir qismini o‘ziga qo‘shib oldi", – dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uning prezidentligi davrida AQSh Ukrainaga "yostiq" emas, balki qurol yetkazib berishni boshladi.
Bu Tramp Obama ma’muriyatini yarimorolni Rossiya nazorati ostiga qaytarishda ayblayotgan birinchi holat emas. Oldinroq Amerika rahbari Baydenning Moskvani G7 sammitiga taklif qilmaslik haqidagi chaqirig‘iga javoban Rossiyaning ushbu tashkilot tarkibidan chiqishiga uning xalqaro maydondagi g‘alabalari sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi. Trampning aytishicha, Moskva Obamani "kuchaytirgan".

Ma’lumot uchun, Qrim 2014 yil mart oyida Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan keyin o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiyaning hududiga aylangandi. Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 foizi va Sevastopol aholisining 95,6 foizi Rossiyaga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatladilar. Moskva qrimliklar o‘zlarining qarorlarini demokratik yo‘l bilan, xalqaro huquq va BMT Nizomiga to‘liq mos ravishda qabul qilganliklarini bir necha bor ta’kidladilar. Vladimir Putinga ko‘ra, yarimorolga egalik masalasi butunlay yopilgan.

Kiritildi: 17:25 23.10.2020. O'qildi: 3698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!