Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozon shahrida ishlayotgan yurtdoshlarimiz aldandi(mi)?

A A A
Qozon shahrida ishlayotgan yurtdoshlarimiz aldandi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda Tataristonning Qozon shahrida ishlash uchun borgan g‘uzorlik yurtdoshlarimiz sakkiz oydan buyon oylik maoshsiz majburiy mehnatga jalb qilingani va yashash joyisiz qolgani haqida videomurojaatlar tarqaldi.

Mazkur holat mamlakatimizning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Ufa shahridagi vakili tomonidan nazoratga olingan.

Holat bo‘yicha ish beruvchi bilan suhbatlashilganda, mazkur fuqarolar haqiqatda Qozon shahridagi qurilish obektida ishlagani, ish haqini to‘liq olgani, fuqarolik pasportini olib qo‘ymagani, yashash manziliga pul jo‘natib turganligi, faqatgina oxirgi 11 kunlik ish haqi berilmaganini ma’lum qildi. Videomurojaat qilgan fuqarolar ogohlantirmasdan ish joyini tark etganligi sababli 11 kunlik ish haqini berishda muammo paydo bo‘lganini aytdi.

Ayni vaqtda videomurojaat yo‘llagan yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga qaytib kelmoqda.

Kiritildi: 17:03 09.08.2023. O'qildi: 1721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!