Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonning Aktau shahri turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Qozog‘istonning Aktau shahri turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Qozog‘istonning Aktau shahri 2025 yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Bu haqda Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti xabar berdi.

Loyiha 5 aprelda boshlanadi va noyabrgacha davom etadi. Madaniy tadbir uchun maxsus etnik shaharcha quriladi, unda 7 ta qishloq joylashadi – bu qishloqlar turkiy xalqlarning madaniyati va an’analarini namoyish etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, festivalning ochilishiga 500 ga yaqin san’atkorlar jalb etiladi.

O‘z navbatida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev Aqtau shahri Kaspiy dengizi sohilida joylashgani bilan avvalgi madaniyat poytaxtlari orasida o‘ziga xosligini ta’kidladi.

Ayni paytda Mangustau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay keng ko‘lamli tadbirning muhimligini ta’kidlab, barchasi yuqori saviyada o‘tishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 16:00 08.02.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!