2023 yil boshiga ko‘ra, qozog‘istonliklarning o‘rtacha yoshi 32,1 yoshni tashkil etdi, deb xabar beradi Kazinform.
QR Milliy statistika byurosining xabar berishicha, 2018 yildan beri aholining o‘rtacha yoshi biroz oshdi.
«O‘rtacha yoshning o‘sishi erkaklar va ayollar, qishloq va shahar aholisi orasida kuzatilmoqda.
Yil boshida erkaklarning o‘rtacha yoshi 30,5 yoshni, ayollarniki esa 33,7 yoshni tashkil etdi.
Shahar aholisining o‘rtacha yoshi qishloq aholisinikidan yuqori, mos ravishda 32,6 va 31,5 yosh.
Hududlar o‘rtasida eng yuqori o‘rtacha yosh Shimoliy Qozog‘iston viloyatida 38,9 yosh, eng past o‘rtacha yosh esa Mang‘istau va Turkiston viloyatlarida 27,6 yosh», – deyiladi xabarda.