Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi, ikki karra jahon chempioni Saken Bibosinov mashg‘ulot jarayonida jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sports.kz nashri jurnalist Aslan Kajenovga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli bokschining umurtqa pog‘onasi shikastlangan. Shu sababli u 29 oktyabr kuni Taraz shahrida start oladigan Qozog‘iston chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Hozircha jarohatning og‘irlik darajasi va sportchining ringga qachon qaytishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Bibosinov Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sohibi hisoblanadi. U 2025 yil dekabrda IBA jahon chempionati finalida rossiyalik Vyacheslav Rogozinni mag‘lub etib, faoliyatida ikkinchi bor jahon chempioniga aylangan edi.