Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish vaqtincha cheklandi

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish vaqtincha cheklandi

Qozog‘istonga chetdan tovuq tuxumlarini olib kirish 11 dekabrdan vaqtincha taqiqlandi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligining 5 dekabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, uchinchi mamlakatlardan va YEOII mamlakatlaridan barcha turdagi transport vositalari orqali yangi tovuq tuxumlarini Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kirishga bir oy muddatga taqiq joriy etildi. Ammo mamlakat hududi orqali tovuq tuxumlari tranzitiga ruxsat beriladi.

Vazirlik izoh berishicha, cheklovdan maqsad — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Kiritildi: 14:31 12.12.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!