Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istondagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Qozog‘istondagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Qozog‘istonning Aqtau shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda o‘zbekistonlik fuqarolar jarohat oldi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Yong‘in 13 fevral kuni shina ta’mirlash ustaxonasida sodir bo‘lgan hamda 42 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yong‘in yuz bergan joyda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xizmati birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, zudlik bilan kasalxonaga yetkazgan.

Yong‘in xavfsizligi xizmati vakillari 40 litr hajmli ikki dona gaz ballonini xavfsiz joyga olib chiqqan.

“Yong‘in paytida jarohatlangan ikki kishining ahvoli og‘ir. Ular jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat tegishli choralar ko‘rilganidan keyin ma’lum bo‘ladi”, — deyiladi Mang‘istau viloyati shifoxonasi matbuot xizmati xabarida.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:41 15.02.2024. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!