Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istondagi chekka hududlarda joylashgan maktablar Starlink orqali internetga ulanadi

A A A
Qozog‘istondagi chekka hududlarda joylashgan maktablar Starlink orqali internetga ulanadi

Kuni kecha mamlakatga 500 dona Starlink moslamalari keltirildi. Yaqin 20 kun ichida yana 1500 dona olinib kelinadi. Ular orqali Qozog‘istonning simli internet yetib borishi qiyin bo‘lgan maktablariga internet yetib boradi.

Starlink – Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan yuqori tezlikdagi internet tizimi. Starlink antennasi bilan yerning istalagan nuqtasida internetga ulanish mumkin.

Ko‘plab yopiq davlatlarda Starlink interneti taqiqlangan. Chunki uni hukumat tomonidan nazorat qilish imkonsiz. Avvalroq ushbu kompaniya O‘zbekistonda ham faoliyatini boshlashi mumkinligi aytilgan edi, biroq, haligacha bu borada yangilik bo‘lmadi.

Kiritildi: 16:28 25.02.2024. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!