Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik migrant namozxonlarni tunab ketdi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik migrant namozxonlarni tunab ketdi

Uning jinoiy harakati masjiddagi videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Bu haqda Polisia.kz xabar xabar berdi.

Unga ko‘ra, 22 yoshli muhojir Qozog‘iston poytaxtiga iyun oyi oxirida kelgan. Xorijlik 6 ta o‘g‘rilik holatiga aloqadorligi aniqlandi. O‘g‘irlangan narsalar orasida pul va mobil telefonlar ham bo‘lgan.

Gumonlanuvchi uning jinoiy harakati videokuzatuv kameralariga tushib qolganini bilmagan. Videotasvirlarda uning namozga kelgan odamlar buyumlarini qoldiradigan yacheykalardan sumkalarni o‘g‘irlagani aks etgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchi ushlanib, qo‘lga olindi. U o‘z aybiga iqror bo‘ldi, polisiya to‘rtta telefonni ashyoviy dalil sifatida musodara qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi (o‘g‘irlik) bilan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:42 17.08.2022. O'qildi: 1755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!