Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda o‘smirning shov-shuvli o‘limidan so‘ng 7 kishi hibsga olindi

Qozog‘istonda o‘smirning shov-shuvli o‘limidan so‘ng 7 kishi hibsga olindi

Olma-Ota viloyatidagi Talgar shaharchasida magazin egasi va xaridor o‘rtasida kelib chiqqan janjaldan so‘ng xaridor o‘zining bir guruh tanishlarini chaqiradi. Mushtlashuvda do‘kon egasining 16 yoshli o‘g‘li olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘ladi.

Shahar ichki ishlar organlari o‘smirning o‘limi yuzasidan tergov olib borayotgan vaqtda do‘kon egasining uyi yoqib yuboriladi.

Shundan so‘ng do‘kon egasi o‘zini himoya qilishni so‘rab prezidentga ochiq murojaat qiladi.

Ayni damda Talgar shahriga Qozog‘iston Milliy gvardiyasi kuchlari kiritilgan, tuman akimi (hokimi) ishdan olingan.

Jinoyat ishi yuzasidan 10 kishi gumonlanuvchi deb tan olingan, ulardan 7 nafari hibsga olingan.

Kiritildi: 23:30 15.10.2024. O'qildi: 2209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!