Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi

A A A
Qozog‘istonda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 13 sentyabr kuni Qo‘stanay va Fedorovskiy tumanlari chegarasida yuz bergan.

“Haydovchi yo‘l ta’mirlash uchun asfalt olib kelgan va yukni tushirgach, yukxonani tushirishni unutib qo‘ygan va harakatlanayotgan paytida yukxona yo‘ldagi to‘singa tiralib, oqibatda yuk mashinasining oldi qismi tepaga ko‘tarilib qolgan. To‘sin esa qiyshayib qolgan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 610-moddasi “Transport vositalari haydovchilari tomonidan odamlarning sog‘lig‘iga, transport vositalari yoki boshqa mol-mulkka zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarini buzishi” bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi”. Yakuniy prosessual qarorni sud chiqaradi”, — deyiladi viloyat IIB xabarida.

Polisiya haydovchining jabrlanmaganligini ham qayd etdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.

Kiritildi: 06:17 14.09.2023. O'qildi: 3121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!