Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda neft bazasida portlash yuz berdi

A A A
Qozog‘istonda neft bazasida portlash yuz berdi

Qozog‘istonning Jezqazg‘on shahrida joylashgan neft bazasida portlash sodir bo‘lib, undan so‘ng yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlanib, kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, neft bazasi hududida avvaliga uchta maxsus mashina yonib ketgan. Keyinroq o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishidan oldin gaz-havo aralashmasi portladi. Olov 100 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Neft bazasi hududida joylashgan omborxona qulab tushdi.

FVV xodimlari yong‘inni o‘chirish chog‘ida qo‘shni yonilg‘i rezervuarlarini sovitish orqali himoya qilib, olovning tarqalashiga yo‘l qo‘ymadi. Yong‘in bartaraf etildi. Favqulodda vaziyat sabablari hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: 18:35 25.01.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!