Qozog‘istonda bir kunda 271 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deya xabar berdi coronavirus2020.kz.
18 avgust, 23:59 holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 271 kishi koronavirusni yuqtirgan. Ulardan 148 tasi klinik belgilarsiz tashuvchilar sifatida ro‘yxatga olingan.
Hududlar bo‘yicha (umumiy / simptomsiz): Nur-Sulton shahri - 27/13 Olmaota shahri - 22/17 Chimkent shahri - 3/2 Aqmola viloyati - 16/9 Aqto‘be viloyati - 5/4 Olmaota viloyati - 16/13 Atirau viloyati - 17/14 Sharqiy Qozog‘iston viloyati - 30/11 Jambil viloyati - 9/7 G‘arbiy Qozog‘iston viloyati - 28/20 Qarag‘andi viloyati - 27/17 Qostanay viloyati - 14/1 Qizilo‘rda viloyati - 2/2 Mang‘istau viloyati - 8/8 Pavlodar viloyati - 7/2 Shimoliy Qozog‘iston viloyati - 18/4 Turkiston viloyati - 22/4
Qozog‘istondagi bemorlarning umumiy soni 103 571 kishini tashkil qiladi. Ayni paytgacha 86286 kishi kasalikni yenggan bo‘lsa, 1415 kishi virusdan vafot etdi.