Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda gaz narxini tushirishni talab qilib, namoyishga chiqqanlar qo‘lga olindi

A A A
Qozog‘istonda gaz narxini tushirishni talab qilib, namoyishga chiqqanlar qo‘lga olindi

Nur-Sulton va Chimkent shaharlarida gaz narxi oshishini to‘xtatishni talab qilgan namoyishchilar qo‘lga olindi. Bu haqda Ozodlik radiosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4 yanvar, seshanba kuni Qozog‘iston polisiyasi poytaxtda shahar ma’muriyati yaqinida namoyishga chiqqan kamida uch kishini qo‘lga olgan. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar Janao‘zen shahridagi xuddi shunday “gaz” namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan va shu bilan birga, uy-joy masalasini hal qilishni talab qilgan. Ayni vaqtda aksiya ishtirokchilaridan biri “Shal, ket!” deb hayqirgan (“Chol, ket!”). Bu Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning siyosatdan iste’fosini talab qilishdir.

Chimkentda xavfsizlik xizmati xodimlari mahalliy ma’muriyat binosi oldidagi mitingga chiqqan o‘ndan ortiq odamni qo‘lga oldi. Namoyishchilar boshqa shaharlardagi “gaz” namoyishlari ishtirokchilari bilan birdamlik bildirib, ish haqini oshirishni talab qilishdi. Qo‘lga olish chog‘ida ular ham “Nazarboyev, ket!” deb baqirishgan.

Bundan tashqari, shu kuni Olmaotada Respublika maydoni to‘sib qo‘yilgan, mobil internet ham cheklangan edi. Nur-Sultondagi poytaxt ma’muriyati hududida ham unga kirish to‘xtatilgan.

2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida odamlar avtomobillar uchun benzin narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyasiga chiqishdi. Ular suyultirilgan yoqilg‘i narxining bir litri 60 tengedan 120 tengega keskin ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, arzonlashtirishni talab qilishdi. Keyinroq polisiya mitinglarni tarqatishga uringani va ularning ishtirokchilariga nisbatan kuch ishlatgani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 16:48 04.01.2022. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!