Qozog‘iston janubidagi Qizilo‘rda viloyatida An-2 samolyoti favqulodda qo‘ndi.
Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, qutqaruvchilar uni sakkiz soatdan keyin topib olishgan.
"Qizilo‘rda viloyatining Tan-Qumko‘l yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan An-2 samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot bortida 3 kishi bo‘lgan. Ekipaj a’zolari bilan aloqa bo‘lmagan, ularning qayerda ekanligi noma’lum edi. 8 soat davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng, bedarak yo‘qolganlar yarim tunda cho‘lda topildi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Ular tibbiy yordamga muhtoj emasligi qayd etildi.