Qozog‘istonda ikki banka energetik ichimlik ichgan erkak shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Tun yarmida Olmaotadan Qorag‘andaga ketayotgan avtomobil yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tibbiy-qutqaruv punktiga chaqiruv kelib tushdi”, deyiladi xabarda.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam guruhi yetib kelgan. Ular 1981 yilda tug‘ilgan erkakka ikki banka energetik ichimlik ichganidan keyin yuzaga kelgan o‘tkir pankreatit tashxisini qo‘ygan.
Qutqaruvchilar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Balxash shahridagi shifoxonaga olib borgan. FVV energetik ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.
O‘tkir pankreatit — oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, uning to‘qimalarining tuzilishi o‘zgarishiga olib keladi. Kasallikka xos belgilar quyidagicha:
Surunkali pankreatitda kuchli og‘riqlar kamroq uchraydi, ular faqat zararli ovqat va ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilgandan keyingina paydo bo‘ladi.