Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston–Xitoy chegarasida 40 tonnaga yaqin zararlangan mahsulot ushlab qolindi

Qozog‘iston–Xitoy chegarasida 40 tonnaga yaqin zararlangan mahsulot ushlab qolindi

Qozog‘istonning Xitoy bilan chegarasida joylashgan «Nur Joli» fitosanitar nazorat punktida yirik hajmdagi zararlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aniqlandi.

Tekshiruvlar davomida Xitoydan olib kelingan 39,52 tonna mahsulot karantin nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada:

▪️ 19 tonna shaftolida xavfli Sharq kuyasi zararkunandasi;

▪️ 20 tonna sabzida esa kartoshka parazit nematodasi mavjudligi aniqlangan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu zararkunanda va parazitlar mahalliy qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu sababli barcha yuklar mamlakat hududiga kiritilmasdan, eksport qiluvchi tomonga qaytarildi.

Hodisa yuzasidan mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, nazorat organlari fitosanitar xavfsizlik choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 18:09. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!