Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegaralarni aniqlashtirish bo‘yicha 100 ta uchrashuv o‘tkazdi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegaralarni aniqlashtirish bo‘yicha 100 ta uchrashuv o‘tkazdi

Tez orada bu masala nihoyat yopiladi, dedi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.

“14—19 noyabr kunlari Toshkentda Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkasiya komissiyasi tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari delegasiyalarining 100-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasini hamda chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihasini imzolashga tayyorlandi”, — dedi Qozog‘iston TIV matbuot kotibi Aybek Smadiyarov.

Demarkasiyalangan chegara chizig‘ining uzunligi 2356,666 km.

Tomonlar 1301 ta chegara belgilarini o‘rnatdilar.

Bitim kuchga kirgandan so‘ng tomonlar har 10 yilda bir marta davlat chegarasi chizig‘i belgilanishini birgalikda tekshirishdan o‘tkazadi.

Kiritildi: 16:18 21.11.2022. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!