Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarada yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimini joriy etmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarada yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimini joriy etmoqda

Joriy yilning iyun oyidan boshlab Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi amaliyotga kiritiladi.

Dastlab "Qaplanbek" - "Navoiy" bojxona postida elektron navbat tizimi ishga tushiriladi.

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2030 yilga kelib ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 1,4 milliard dollarga yaqinlashdi.

Ilgari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun qo‘shimcha 4 ta savdo yo‘lagini ochishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 07:50 25.05.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!