Qozog‘istonlik hamkasblar O‘zbekiston bojxonachilariga yo‘llarni suv bosishi sababli yo‘nalishni o‘zgartirish haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.
Qozog‘istonning Qoraqalpog‘istondagi «Dovud-ota» nazorat-o‘tkazish punktiga tutash bo‘lgan «Tojen» nazorat-o‘tkazish punkti orqali avtomashinalar harakati suv toshqini tufayli to‘xtatildi.
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi Do‘ssor-Qulsari-Beyneu avtomobil yo‘lining 103-kilometrida ham avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yilgan.
Qozog‘istonga yo‘l olgan avtomashinalar Turkiston viloyatining «B.Konisboyev», «Kazigut» va «Atameken» nazorat-o‘tkazish punktlari (mos ravishda O‘zbekiston tomonidagi «Yallama», «S.Najimov» va «Sirdaryo») orqali harakatlanishi tavsiya etiladi.