Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston uchta davlatga xalqaro reyslarni ochdi 

Qozog‘iston uchta davlatga xalqaro reyslarni ochdi 

Qozog‘iston Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri Beybit Atamqulov xalqaro reyslarning qayta tiklanishini tushuntirib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform.

«Koronavirus infeksiyasiga qarshi idoralararo komissiyasi yaqinda yig‘ilish o‘tkazdi va 1 iyundan boshlab uchta mamlakatga parvozlarni qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqishga ruxsat berdi. Ular Janubiy Koreya, Xitoy va Ozarbayjon. Nima uchun bu davlatlar tanlandi? Birinchidan, u yerdagi COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat baholandi. COVID-19 xalqaro reytingi mavjud va ushbu uchta mamlakat eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kiradi», - dedi vazir.

Uning aytishicha, ikkinchi bosqichda Germaniya, BAA, Chexiya va Tailandga parvozlar tiklanadi.

«Polsha va Vengriya uchun ham ruxsat olishimiz mumkin. Axir u yerda ham xavfsizlik darajasi juda yuqori. Ikkinchi bosqich 15 iyundan keyin boshlanadi. Xorijdagi hamkasblarim bilan doimiy aloqadaman. Men Turkiya transport vaziri bilan gaplashganimda, ular Antaliyaga parvozlarni ochishni rejalashtirayotgani va 20 iyun sanasini maxsus belgilab qo‘yganini aytdi. Biz hali ham bu ish ustida ishlamoqdamiz», - dedi B.Atamqulov.

Kiritildi: 08:07 03.06.2020. O'qildi: 4002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!