Prezident Toqayev «Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish va bojxona nazorati tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida»gi Bitimni ratifikasiya qilish haqida”gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi.
Bitimning ratifikasiya qilinishi bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirishga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, yuk tashuvchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilaydi.
Xususan, bojxona nazorati va kontrabanda sohasida huquqbuzarlik belgilari aniqlangan hollar bundan mustasno, nazorat-o‘tkazish punktlarida chegaradan ustuvor o‘tish, bojxona nazoratini o‘tkazish muddatlarini qisqartirish maqsadida bojxona rasmiylashtiruvlarini soddalashtirish, nazorat-o‘tkazish punktlarida bojxona ko‘rigidan ozod qilish nazarda tutilgan.
Shartnoma, shuningdek, Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasida harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumot almashish orqali bojxona nazorati samaradorligini oshirish va vaqtni qisqartirishga qaratilgan.