Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Qozog‘iston TIV: Erondagi fuqarolar zudlik bilan chiqib ketishi kerak

Qozog‘iston TIV: Erondagi fuqarolar zudlik bilan chiqib ketishi kerak

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Eron hududida bo‘lib turgan fuqarolarini xavfsizlik sababli zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Vazirlik fuqarolarga hushyor bo‘lish, xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish hamda yaqin vaqt ichida mintaqaga safar qilishdan tiyilishni tavsiya qildi.

Bayonotda aytilishicha, vaziyat keskinlashishi ehtimoli mavjud bo‘lib, Qozog‘iston diplomatik vakolatxonalari fuqarolarga konsullik yordamini ko‘rsatishga tayyor.

Kiritildi: Bugun 20:41. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!